Respublika bolalar musiqa va san’at maktablarida “Ijod maskanlari” turkum tadbirlarini o‘tkazish reja-jadvaliga muvofiq joriy yilning 16-dekabr kuni 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq xofizi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Beknazar Do‘smurodov mahorat darsi o‘tkazdi.