Maktab yangiliklari

“Turon” maktab teatri tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida teatr san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilishda maqsadida “Turon” maktab teatri respublika tanlovi tashkil etildi.

Joriy yilning 3-mart kuni 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yosh aktyorlar 2 ta shart asosida o‘zaro bellashdi. Tuman bosqichida birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoa viloyat bosqichiga yo‘l oldi.