Har bir xalqda o‘z hayotini rang-barang, hissiy jihatdan boy qilish istagi odamlar hayotini bezatgan, yangi hayotga umid baxsh etadigan turli bayramlar, marosimlar, urf-odatlarlar xizmat qilgan. Tabiatning yangilanishi, yangi kun paydo bo‘lishi ramzi bo‘lgan, bahorgi tengkunlik kunida nishonlanadigan Navro‘z asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan ana shunday umumxalq bayramiga aylandi. Bu bayramda insonlar tabiatning kosmik jarayoniga o‘z munosabatini bildiradi. Atrof-muhit bilan hamohanglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va rahmdil bo‘lish, bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasini o‘zida mujassam etganini alohida ta’kidlash lozim. Bu yuksak fazilatlar bugungi kunda yanada chuqur ma’no va ahamiyat kasb etmoqda.
Parkent tumanida Navro‘z bayrami ushbu yilda ko‘taringki ruhda o‘tkazildi. Tashkillashtirilgan “Sumalak sayli”da tumanning barcha tashkiotlari, muassasalari va korxonalari ishtirok etdi. Shu jumladan, maktabimizning badiiy jamoalari o‘z chiqishlari bilan tadbirga fayz kiritdi.