Joriy yilning 20-aprel kuni 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi changchilar ansanblining “Chang navolari” konserti boʻlib oʻtdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Komiljon Shermatov rahbarligidagi ansambl ijrosida mumtoz musiqa asarlari, o‘zbek va jahon kompozitorlarining asarlari yangradi.