Maktab yangiliklari

Malaka sinov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 8-apreldagi “Madaniyat vazirligi tomonidan oʻquv fanidan malaka sinovlarini ijodiy va nazariy (og‘zaki, yozma) shaklda o‘tkazish toʻgʻrisida”gi 179-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-aprel kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida malaka sinov jarayonlari boshlandi.

Malaka sinovlaridan Toshkebt viloyati bo‘yicga jami 348 ta pedagoglar o‘tishi rejalashtirilgan. Shundan 215 nafari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilari, 133 nafari Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagoglari.

Malaka sinovlarini yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida bolalar musiqa va san’at maktablari direktor, direktor o‘rinbosarlari va malakali pedagog xodimlardan ishchi guruhi tarkibi shakllantirildi.

Malaka sinovlari jarayonlari YouTube platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilib borilmoqda.