Maktab yangiliklari

“Yangi yildagi yangi sarguzashtlar” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-dekabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumani 34-son bolalar musiqa va san’at maktabida yangi yil bayramiga bag‘ishlangan “Yangi yildagi yangi sarguzashtlar” deb nomlangan teatrlashtirilgan konsert-tomoshasi hamda maktabimizning hisobot konserti ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda maktabda faoliyat olib borayotgan barcha bo‘lim o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ayniqsa, tetr bo‘limi jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.