Toshkent shahrida “New stars Tashkent” xalqaro iste’dodlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro tanlovda bizning maktabimizda juda faol bo‘lgan o‘quvchilar Mirsodiqova Madinabonu, Ergashboyeva Mohinur, Mirobidova Zinnura va Zukurjonova Ezoza ishtirok etishb faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelishdi. Bu natijaga erishishda o‘quvchilarimizga ijodiy bilim bergan ustozlar Sarvinoz Maxsudova, Mashhura Sultonovaga minnatdorchilik bildiramiz. Ustoz va o‘quvchilarimizning yutuqlari bardavom bo‘lsin.