Maktab yangiliklari

Parkent tumanida Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Parkent tumani hokimligi tomonidan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida Parkent tumani hokimi Elmurod Po‘latov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabrikladi. Tabrik so‘zida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning mashaqqatli va sharafli mehnati alohida e’tirof etildi.

Tadbir jarayonidan 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi ustoz va o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

Tadbir
Tadbir
Tadbir
Tadbir
Tadbir
Tadbir
Tadbir
Tadbir
Tadbir