Joriy 2026-yil 13-fevral kuni maktabda buyuk mutafakkirlarimiz — so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi, hamda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy va Bobur g‘azallari, ruboiylari mahorat bilan ijro etildi, kuy-qo‘shiqlar yangradi, sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Yosh iste’dodlarimiz ajdodlarimizning boy adabiy merosini yuksak ehtirom bilan tarannum etdilar.
Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat, ajdodlarimiz merosiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Ma’naviyat va san’at uyg‘unlashgan ushbu kecha barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.